» » Jizzaxda koronavirus tarqalishi haqida asossiz ma’lumot tarqatgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda koronavirus tarqalishi haqida asossiz ma’lumot tarqatgan shaxsga sud hukmi o‘qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotgani sababli tegishli chora ko‘rish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqatgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. “Sangzor.uz”ning xabar berishicha, ushbu shaxsga sud hukmi o‘qilgan.

Ma’lum qilinishicha, A.J. ismli shaxs Koronavirus tezkor shtab xodimiga bir prokuror o‘z vakolatini suiiste’mol qilgan holda oila a’zolarini karantinli shifoxonaga yotqizmasdan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga olib borganligini, u yerda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan “Sog‘liq” xususiy shifoxonasining shifokori Nomozov Ali Valiyevich shifoxonaga boshqa kasalliklar bilan murojaat qilgan bemorlarni ham qabul qilib kelayotganligi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni ma’lum qilgan edi. Navbatchi N.Niyatovga unga nisbatan tegishli chora ko‘rish kerakligini, aks holda tegishli idoralarga o‘zi murojaat qilishini aytib, ushbu suhbat jarayonini o‘zining telefoniga yozib olgan.

A.J. o‘sha vaqtning o‘zida Jizzax viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining telefon raqamiga ham qo‘ng‘iroq qilib, markazning navbatchi shifokori U.Usarov va navbatchi hamshirasi S.Soliyevalarga ham “Sog‘liq” xususiy shifoxonasida ishlovchi vrach haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni aytib, ular bilan bo‘lib o‘tayotgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni internet orqali tarqatib yuborishini ma’lum qilgan.

Aslida “Sog‘liq” xususiy shifoxonasini va shu shifoxonada ishlovchi shifokor Nomozov Ali Valiyevich inson uchun xavfli bo‘lgan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmagan bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar yozilgan ikkita audioyozuv shu kunning o‘zida Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 9-aprel kuni fuqaro A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-5-moddasi (karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni hamda sudlanuvchi A.J.ning yashash joyi bo‘yicha mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan unga ijobiy tavsifnoma, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash bo‘yicha iltimosnoma va kafolat xati taqdim etilganligini inobatga olib, uni Jinoyat kodeksi 244-5- moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan 1 yil 9 oy 21 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi. A.J. darhol sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют