» » Farg‘onada 26 nafar mahkum muddatidan oldin jazodan ozod etildi

Farg‘onada 26 nafar mahkum muddatidan oldin jazodan ozod etildi


“Daryo” muxbirining xabar berishicha, Farg‘ona viloyatida sud tomonidan belgilangan jazo talablariga to‘liq amal qilib kelayotgan 26 nafar mahkum sodir etgan jinoyatidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ijobiy tomonga o‘zgarganligi uchun muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi.

Qayd etilishicha, Farg‘onada viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan mahkumlarni nazorat qilishga doir elektron dastur ishga tushirilgan. Mazkur dastur viloyat IIB probatsiya xizmati hisobida turuvchi mahkumlarning belgilangan tartibda jazo o‘tashini nazorat qilish, kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, dastur ishga tushirilganidan keyin 40 nafardan ortiq mahkum ishga joylashtirilib, chegirma pullari davlat budjetiga yo‘naltirilgan.

Sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab, tuzalish yo‘liga kirmasdan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 18 nafar mahkumning jazosi og‘irroq turga almashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют