» » Buxoroda 16 ta madaniy meros obyektini qayta tiklashga 65,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi

Buxoroda 16 ta madaniy meros obyektini qayta tiklashga 65,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi


Buxoro viloyatida joylashgan va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan 16 ta madaniy meros obyektini qayta tiklashga mahalliy hamda xorijiy investorlar jalb qilinib, 65,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov ma’lum qildi.

Ta’kidlashicha, ayni paytda Madaniyat vazirligi tomonidan Buxoro viloyatidagi eng og‘ir ahvolda bo‘lgan 12 ta madaniy meros obyektida qayta tiklash ishlari boshlab yuborilgan. Shahardagi “Namozgoh”, “Ravg‘angaron”, “Xo‘ja Kalon”, “Quyi Xonaqo”, “Kunjak”, “Labi Hovuz Qozi Kalon” masjidlari hamda “Toshsaroy”, “Ko‘kaldosh” va “Chuqur” madrasalari, shuningdek, Kogon tumani Bahouddin Naqshband majmuasining Toki-Miyona darvozaxonasi qoldiqlari, Shofirkon tumanidagi Xo‘ja Orif ar-Revgariy (Mohitobon) majmualarida restavratsiya-ta’mirlash ishlari uchun mablag‘lar ajratilgan.

2020-yil yilda Buxorodagi sayyohlar tashrif buyuradigan obyektlar sonini 139 taga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiruvchi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati davlat muassasasi hamda Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti tomonidan mazkur obyektlar hududida yangi turistik mavsumgacha qadar qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, viloyatdagi 16 ta madaniy meros obyekti, jumladan, “Karvonboshi” saroyi, “Turkman” madrasasi, “Hotam Hindu madrasasi, “Mir Ibrohim” va “Rashid” karvonsaroylarida mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sayyohlik markazlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

“Uzoq yillar davomidagi kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar, qayta tiklash va ta’mirlashda mablag‘larning yetishmovchiligi, turizm tizimidagi oqsoqliklar mazkur obyektlarning achinarli ahvolga kelib qolishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda ularni to‘liq milliy uslubda qayta tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan 65,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Unda hunarmandchilik markazlari, milliy choyxonalar, tabobat markazlari, sayyohlar uchun karvonsaroylar xizmati yo‘lga qo‘yiladi”, — deydi Sherzod Mahmudov.

Ayni paytda “Turkman” karvonsaroyida “Neyromed servis Buxoro” MChJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Investor loyihasiga ko‘ra, mazkur madaniy obyektda tabobat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, “Aziya royal tur” xususiy korxonasi “Mir Ibrohim” madrasasida inson salomatligiga ahamiyatli bo‘lgan shifobaxsh giyoh va o‘simliklar bilan ta’minlangan “Avitsena” choyxonasini tiklashga kirishgan. “Domla Tursunjon” madrasasi esa “Oltin hunarmand” MChJ tomonidan ta’mirlanib, unda hunarmandchilik markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 132) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют