» » Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Innovatsiya, texnologiyalar va strategiya markaziga 150 ming dollar grant ajratdi

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Innovatsiya, texnologiyalar va strategiya markaziga 150 ming dollar grant ajratdi


Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiyalar va strategiya markaziga 150 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratdi, deb xabar beradi markaz matbuot xizmati.

Bu bilan Shveysariya ITSM tomonidan amalga oshirilayotgan “Maktab ta’limi uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish” loyihasiga hissa qo‘shayotgan mahalliy va xalqaro hamkorlar qatoriga qo‘shildi.

Ushbu loyiha doirasida Maktab.uz masofaviy o‘qitish uchun onlayn ta’lim platformasi yaratiladi. Bundan tashqari, o‘qituvchilar psixologik va kasbiy qo‘llab-quvvatlanadilar, zarur hollarda kompyuter uskunalari bilan ta’minlanadilar.

Ma’lum qilinishicha, loyihada ishtirok etadigan o‘qituvchilar har bir videodars uchun hisoblangan qo‘shimcha qiymatning 25 foizini, imo-ishora tili o‘qituvchilariga esa 50 foizni oladilar.

O‘quv dasturi STEAM dasturlariga asoslanadi. Shuningdek, loyiha Discovery, National Geographic va BBC telekanallaridan ommabop ilmiy filmlarni namoyish etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют