» » Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumaniga tashrif buyurdi

Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumaniga tashrif buyurdi


Ayni paytda So‘x tumanida O‘zbekiston bosh vaziri A. Aripov ishtirokida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Prezidentning 2020-yil 8-avgust kuni “2020—2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. Unda tasdiqlangan dasturga 146 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, 639 milliard so‘m mablag‘ sarf etiladi. Yig‘ilishda ana shu qarorda belgilangan vazifalar muhokama etilmoqda.

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Shundan so‘ng tumanga bo‘lgan e‘tibor sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga zamonaviy tibbiyot uskunalari yetkazib berildi, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish kabellari yuborildi, 230 nafar so‘xlik Tashkent City’dagi qurilish ishlarida qatnashish uchun olib kelinishi ma’lum qilindi, tumanda 3 ta dam olish maskani yaratilishi ta’kidlandi, 71 km optik tolali aloqa kabellari tortildi va 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi va so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi.

Mavzuga doir: Prezident So‘x tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzoladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют