» » Finlyandiyada daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

Finlyandiyada daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi


Finlyandiya shimolidagi Laplandiyaning Levi shaharchasida daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Turli qit’alarning to‘qqiz mamlakatidan kelgan ishtirokchilar daraxtlarni tez, samimiy va ko‘tarinki ruh bilan quchoqlashda o‘zaro bellashadi.

Chempionatda Finlyandiya, AQSh, Estoniya, Germaniya, Italiya, Shotlandiya, Rossiya, Malayziya va Avstraliya fuqarolari ishtirok etadi.

Qatnashchilar uch bosqichda bellashadi. Dastlab ular daraxtni tezlikda quchoqlaydi. Kim 8 daqiqa davomida ko‘proq daraxtni “bo‘g‘ib” quchoqlasa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. Bunda har bir daraxtga kamida 5 sekund ajratish kerak.

So‘ngra hakamlar quchoqning samimiyligini baholaydi.

Va nihoyat, ishtirokchilar ko‘tarinki ruhda, ijodkorlik bilan quchoqlashishda raqobatlashadi. O‘z tasavvurini bir daqiqada ko‘rsatishi kerak.

Chempionat 22-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют