» » “Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi”, — DTM direktori Majid Karimov

“Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi”, — DTM direktori Majid Karimov


Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar vaqtida abituriyentlarga tibbiy vositalar, ruchka va ichimlik suvi bepul beriladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

“Abituriyentlarga ularning xavfsizligi ta’minlash maqsadida har biriga antiseptik vositalar, tibbiy qo‘lqop hamda niqob beriladi.

Bundan tashqari, bu sharoitda vaziyatni e’tiborga olib, ularga bosh kiyim berish rejalashtirilyapti. Abituriyentlar har biri bosh kiyimi bilan o‘zining joyiga borib o‘tiradi”, – deydi Majid Karimov.

Shuningdek, markaz direktori yuqoridagi vositalar davlat tomonidan bepul berilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Bularning hammasi davlat tomonidan taqdim etiladi. Bundan tashqari abituriyentlarga ruchka va ichimlik suvi beriladi”, – deydi Majid Karimov.

Avvalroq OTMga kirish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar stadionlarda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi. Imtihonlarni 2-sentabrdan boshlash ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют