» » Alisher Uzoqov Turkiyada o‘tgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video)

Alisher Uzoqov Turkiyada o‘tgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video)


Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

O‘zbekistonlik bir guruh kino ijodkorlar Jaloliddin Manguberdi haqida Turkiyada suratga olinayotgan tarixiy serialda suratga tushmoqda.

Ushbu serialda rol ijro etishi kutilayotgan aktyor Alisher Uzoqov esa ayni vaqtda Turkiyadan Toshkentga qaytdi.

Suhbat davomida Alisher Uzoqov Turkiyadan qaytishi sababi, karantin vaqtida Turkiyadagi kunlari va turk filmi hamda o‘zbek kinosi o‘rtasidagi farqli jihatlar haqida gapirib berdi.

Turkiyadan Adiz ikkalamiz qaytdik. Avvalo oila boshimiz, bolalarimiz hali yosh, buning ustiga Adiz endigina farzandli bo‘lib, bolasini tug‘ruqxonadan uyiga olib chiqdi-yu, darrov Turkiyaga ketgan edi. Birinchi sababi shu, ya’ni og‘irroq vaziyatda oilani oldida bo‘lish.

Ikkinchidan, dastlab menga taklif qilingan rol 100 foiz ko‘nglimga o‘tirmadi. U yerdagi tashkilotchilar bilan maslahatlashgan holatda serial davomida men xohlagandek rol yozilishiga kelishdik. Bu yerda kutaman. Pandemiya bo‘lganligi sabab jarayon baribir uzoq davom etadi. Hech kim bilmaydi. Shuning uchun, oiladan uzoqda yurgandan ko‘ra oilamiz bag‘rida yurishni afzal ko‘rdik.

Turkiyada olti oy davomida dastlab filmga tayyorgarlik ko‘rdik. Bu butun dunyoda bor jarayon, ayniqsa u tarixiy film bo‘ladigan bo‘lsa avvalo aktyor-aktrisalar o‘zining roliga puxta tayyorlanishadi. Biz ham tayyorgarligimizni ko‘rdik. Keyin esa karantin bo‘ldi, biz ham hamma qatori karantin qoidalariga rioya qilgan holda, hech qayerga chiqmasdan xonamizda kutib o‘tirdik.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor

Alisher Uzoqov turk filmi va o‘zbek kinosidagi farq haqida quyidagilarni gapirib berdi.

Avvalo budjet masalasi. Keyin har bir ijodiy guruhda har bir ishchi o‘zining vazifasini aniq biladi. Bizda bu narsa afsuski yo‘q, bu ishni orqaga tortadigan narsa. Misol uchun u yerda rejissor keladi, kreslosiga o‘tiradi va o‘zining xayolidagi ish bilan band bo‘ladi. Bizga o‘xshab “chiroqni qanday qo‘yish, grim nima bo‘ladi, libosni qanday qilish kerak”, degan o‘y-xayol yo‘q. Malakali ishchilar kam bizda. Balki bunga budjetning ham sababi bordir, qanchadir miqdorda, ammo 100 foiz hammasiga budjet sabab deya olmayman.

Keyingi farqlaridan biri, ularning rassomlariga, ayniqsa liboslar bo‘yicha rassomlariga qoyil qoldim. Bu loyiha aktyor-aktrisalarimizga yoki boshqa ishchilarimizga katta maktab bo‘lishi mumkin bo‘lgan loyiha, katta qadam.

Ularning ofisiga borganimda, eng ko‘p ko‘rgan narsam kitob bo‘ldi. Ular doimiy izlanishda. Kitob olish uchun katta pul kerak emas, unga budjet ajratilishi shart emas. Balki qorni to‘qligi, oilasi hamma narsasi joyida, to‘rt-besh xonalik uyi borligi ham qanchadir miqdorda sabab bo‘lishi mumkin. Ammo buni ham 100 foiz sabab deya olmayman.

Lekin ularning ham bizdan o‘rganadigan jihatlari ko‘p. Ochig‘i men ularning aktyorlik maktabiga, aktyorlik mahoratiga mazza qilmadim. Baribir men kutgan darajada emas. Chunki bizda butun dunyo tan olgan Stanislavskiy sistemasi bo‘yicha ishlanadi. Ularda qandaydir quruqroqdek tuyuladi-da. Bizning aktyorlar yurakdan ijro etishadi, shuning uchun ham tez-tez kasal bo‘lib turishadi.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor

Ma’lumot uchun, Jaloliddin Manguberdi haqida suratga olinayotgan tarixiy serialning suratga olish ishlari boshlangan bo‘lib, serialda bosh rolni turkiyalik taniqli aktyor Emre Kiviljim ijro etmoqda. “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati ma’lumotiga qaraganda serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют