» » Yaxshi sartarosh plastik jarrohdan afzalroq ekanligini isbotlovchi suratlar

Yaxshi sartarosh plastik jarrohdan afzalroq ekanligini isbotlovchi suratlar


Chiroyli turmak va sochning yangi rangi har qanday ayolni ham butunlay boshqa odamga aylantirishi mumkin. Masalan, buni litvalik sartarosh Yurgita Malakauskayte har kuni o‘zining SelfStation nomli go‘zallik salonida isbotlamoqda.

Yurgita qo‘liga ilk bora qaychi olganida 16 yoshda edi. U o‘zining kasbiy faoliyatini ona shahri Majekayda ota-onasi tomonidan ochilgan kichik go‘zallik salonidan boshlagan, hozirda 24 yillik tajribaga ega Yurgita ayollarga go‘zal qiyofa baxsh etish uchun nima qilish kerakligini aniq biladi.

Sartarosh o‘z ishida nafaqat mijozning sochiga, balki teri va ko‘zlar rangiga ham e’tibor beradi. Yurgita mijozlarning sochlarini rangi va murakkabligiga qarab to‘rt faslga – qish, bahor, yoz va kuzga ajratadi. “Bu xuddi rasm chizishga o‘xshaydi. Avval tahlil qilasiz, rang tanlaysiz, aralashib ketgan ranglarni chiqarib tashlaysiz. Shundan so‘ng mijozning tashqi ko‘rinishi, yuzning shakli va sochlarning tuzilishini o‘rganib, ‘rasm chizish’ni boshlash mumkin”, – deydi sartarosh.

“Sochlar – bu energiya, deydi Yurgita. – Ayrim odamlar sochiga oro berish kerak. Boshqalari esa chindan ham tashqi ko‘rinishi chiroyli ekaniga ishonishi kerak, shunda soch yanada sog‘lomlashadi. Biz ularga o‘zlarini yaxshi ko‘rishini va g‘amxo‘rlik qilishini, soch go‘zallikning bir qismi ekanligini tushunishiga yordam beramiz”.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 23) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют