» » Sevgan qiziga yetisha olmagan turkiyalik yigit yarim yilda 212 kiloga ozdi

Sevgan qiziga yetisha olmagan turkiyalik yigit yarim yilda 212 kiloga ozdi


Turkiyaning Zonguldak shahrida yashovchi 22 yoshli Akin Turko‘g‘li sevgan qizining ota-onasi ortiqcha vazni tufayli ularning turmush qurishiga ruxsat bermagani uchun 212 kiloga ozdi. Bu haqda Haberler xabar berdi.

Akin Turko‘g‘li 7 yoshidan boshlab juda ko‘p ovqatlana boshlagani, o‘zini hech to‘xtata olmagani va so‘nggi 15 yil ichida 296 kilogrammga semirganini aytadi. U semiz va og‘irligi sabab ko‘chaga chiqolmagan. Hayotdan soviy boshlagan.

Akin sakkiz yildan beri bir qizni sevgan. Unga uylanish niyatini aytganda, qizning oilasi uni xohlamagan. Qizning do‘stlari Akinga semizligidan nafrat bilan qaragan. Shundan so‘ng Turko‘g‘li qizning bitiruv oqshomiga kostyum shimda borishni niyat qilgan.

Akin har kuni tog‘ yonbag‘rida 25 kilometr yo‘l yuradi. U yurgan holida ishlarini hal qiladi. Turko‘g‘li mashinasi bor ekanligini, ammo 6 oydan beri uni haydamayotganligini aytadi. Har kuni yarim piyola sho‘rva va ko‘p-ko‘p suv ichadi.

Akin sevgan qizi bilan ayrilgandan so‘ng bitiruv oqshomiga bormagan. Ammo hozir u kostyum kiya boshlagan. Uning vazni 296 kilogrammdan 84 kilogrammga tushgan. Akin yangi hayotidan va sog‘lomligidan juda xursand.

“Bundan keyin ham xuddi shunday yashashda davom etaman. Inshaalloh, kelajakda meni sevadigan odam bilan uchrashaman. Ozmoqchi bo‘lganlarga tavsiyam: ko‘proq piyoda yuring va ko‘p suv iching”, – deydi Akin Turko‘g‘li.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют