» » “Shaxtyor” yarim himoyachisi Tayson Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi

“Shaxtyor” yarim himoyachisi Tayson Yevropa Ligasi rekordini o‘rnatdi


Ukrainaning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Tayson Yevropa Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan “Bazel”ga qarshi o‘yinda (4:1) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa braziliyalik futbolchi Yevropa Ligasining yetti mavsumida to‘p kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Bu musobaqa rekordi sanaladi.

Ikkinchi o‘rindan esa birdaniga uch nafar o‘yinchi joy olgan. Bular: “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett, “Beshiktosh” yarim himoyachisi Jeremeyn Lens va “Krasnodar” hujumchisi Ari (barchasi 6 tadan mavsumda gol urgan).

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Tayson 2013-yildan beri “Shaxtyor”da to‘p suradi. U “konchilar” safida olti marta Ukraina chempionatida va besh bor mamlakat Kubogida g‘alaba qozongan.

Mavzuga doir: Yevropa Ligasida yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют