» » Xiaomi Mi 10 Ultra flagmani taqdim qilindi. To‘rtta kameraga ega smartfon 23 daqiqada quvvatlana oladi

Xiaomi Mi 10 Ultra flagmani taqdim qilindi. To‘rtta kameraga ega smartfon 23 daqiqada quvvatlana oladi


2020-yil 11-avgust kuni Xiaomi tashkil topganiga o‘n yil bo‘lgani munosabati bilan o‘tkazilgan taqdimotda Mi 10 Ultra yubiley flagmani taqdim qilindi. Mobile review’ning ma’lum qilishicha, Xiaomi Mi 10 Ultra, Snapdragon 865 protsessori, 8 GB hajmli LPDDR5 tezkor va 128 GB doimiy NFC 3.1 xotiraga ega.

Keramika va metalli standart korpusga ega smartfonning ichki qismiga bir necha grafit qatlamli suyuq sovitish tizimi o‘rnatilganiga qaramay, telefonning suv va chang o‘tkazmasligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Ta’kidlanishicha, Xiaomi Mi 10 Ultra’da to‘rtta kamera joylashgan bo‘lib, ular turli: asosiysi 48 megapiksel, portret suratga olish uchun mo‘ljallangan ikkinchi kamera 12 megapiksel, masofadan turib suratga olish imkonini beruvchi uchinchi kamera 48 megapiksel va keng ko‘rish burchagiga ega kamera 20 megapiksel aniqlikda suratga oladi. Ushbu model DxOMark reytingida maksimal 130 ball bilan yetakchi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, kamera 8K hajmda sifatli video olish xususiyatiga ega.

Mazkur model simli usulda 120 vattlik tezkor, simsiz esa 50 vattlik tezkor zaryadlanadi. Ta’kidlanishicha, smartfon to‘liq zaryadlana olishi uchun 23 daqiqa kifoya.

Telefon narxlari xotira hajmiga ko‘ra baholanib, boshlang‘ich narx 760 dollar, eng qimmati esa 1005 dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют