» » Shavkat Mirziyoyev: 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17-avgustdan viloyatlararo qatnashga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev: 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17-avgustdan viloyatlararo qatnashga ruxsat beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari oxirgi bir oyda barcha hududlarda davolash o‘rinlari va nafas berish apparatlari soni bir necha barobar ko‘paytirilgani, muolaja qilish usullari yangilangani hamda tez tibbiy yordam xizmati kuchaytirilgani qayd etildi. Bularning natijasida O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 59 foizdan 77 foizga yetdi. Virus yuqtirganlar soni 32 mingdan oshgan bo‘lsa-da, ularning 25 mingdan ziyodi sog‘aygan, 7 ming bemor davolanmoqda.

“Har bir fuqaromiz sog‘lig‘i va hayoti uchun kurashni yanada kuchaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitini yengillashtirish maqsadida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarur. Xalqimizning o‘zi shuni iltimos qilmoqda”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuni hisobga olib, Prezidentning ta’kidlashicha, 15-avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temiryo‘l qatnovi uchun ruxsat berish kerak. Xuddi shu kundan sanatoriylar, pansionatlar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala-hovlini ijaraga berish, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati ham tiklanishi kerak.

Prezident 17-avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovini hamda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovini tiklash haqida ham ko‘rsatma berdi.

Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют