» » O‘zbekistonda 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushadi

O‘zbekistonda 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida har bir fuqaroning sog‘lig‘i va hayoti uchun kurashni yanada kuchaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar barqaror ishlashini ta’minlash hamda aholining yashash sharoitini yengillashtirish maqsadida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan, Shavkat Mirziyoyev 20-avgustdan boshlab buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes-klub va basseynlar ham ishlay boshlashi lozimligini ta’kidlagan. Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.

Avvalroq O‘zbekistonda 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga va 30 kishilik to‘y-marosimlarni o‘tkazishga, 17-avgustdan esa viloyatlararo qatnovlar va diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют