» » So‘x va Farg‘ona shahri o‘rtasidagi aviaqatnovlar “An-2” samolyoti va “Mi-8” vertolyotida kuniga 2 martadan amalga oshiriladi

So‘x va Farg‘ona shahri o‘rtasidagi aviaqatnovlar “An-2” samolyoti va “Mi-8” vertolyotida kuniga 2 martadan amalga oshiriladi


Farg‘ona viloyati So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar o‘z muddatida sifatli amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 12-avgust, chorshanba kuni tuman faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga doir: Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumaniga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda bu borada amaliy ishlar boshlangan. Xususan, So‘x tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan. Shuningdek, “Farg‘ona” xalqaro aeroportida ham mazkur yo‘nalishda aniq tadbirlar ishlab chiqildi.

Aviaqatnovlarga O‘zbekistondagi Humo Air aviakompaniyasining “An-2” samolyoti hamda Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga qarashli “Mi-8” vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

“An-2” samolyoti 12 nafar yo‘lovchi sig‘imiga, “Mi-8” vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega. Yo‘lovchilar 35—40 daqiqada Farg‘onadan So‘xga yoki So‘xdan Farg‘onaga yetib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 marta amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviqatnovlar soni ko‘payishi mumkin.

Transport vazirligi aviaqatnovlarning chipta narxlari yo‘lovchilar uchun maqbul narxlarda bo‘lishi bo‘yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Qarorda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini 2020-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlash belgilangan.

Avvalroq Prezident So‘x tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzolagandi.

Eslatib o‘tamiz, So‘x tumanidagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi Qirg‘iziston bilan chegarada yuz bergan mojarodan keyin kun tartibiga chiqqandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют