» » Xitoy Superligasi. Odil Ahmedov jamoasi so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Xitoy Superligasi. Odil Ahmedov jamoasi so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 4-turida “Shanxay SIPG” 12-avgust, chorshanba kuni “Uxan Chjoer”ga qarshi bahs olib bordi.

Dastlab uxanliklar Chan Chenlinning 25-daqiqadagi golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari ikkinchi bo‘lim so‘nggida ikkita gol bilan javob qaytardi.

79-daqiqada Marko Arnautovich muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib Oskar shanxayliklarga g‘alaba keltirgan to‘pga mualliflik qildi.

Mazkur bahsda Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushib, 90-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Shanxay SIPG”ning ochkolari 10 taga yetdi va musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Xitoy Superligasi

4-tur bahsi

12-avgust, chorshanba

Gollar: 0:1 – 25 Chan Chenlin, 1:1 – 79 Arnautovich, 2:1 – 89, penalti Oskar.

“Shanxay SIPG”: Yan Szyunlin, Xe Guan, Shi Ke, Fu Xuan (Lyuy Venszyun 46), Van Shenchao, Arnautovich, Miraxmetjan Muzepper (Lin Chuan’i, 72), Oskar, Odil Ahmedov (Yan Shiyuan, 90), Chen Binbin, Rikardo Lopes.

“Uxan Chjoer”: Dun Chunyuy, Karrisu, Min Tyan, Xan Penfey, Chan Chenlin (Lyu Shankou, 41), Nyaore (Li Xan, 77), Van Kay, Szyan Sziley, Lyu Yun, Chjou Tun (Baptistao, 77), Lyu I.

Ogohlantirishlar: Karrisu (33), Baptistao (90+4).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют