» » Lukashenkodan tashqari Belarus prezidentligiga nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirdi

Lukashenkodan tashqari Belarus prezidentligiga nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirdi


Belarus prezidentligiga nomzodlar Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya va Sergey Cherechen mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga saylov natijalari bo‘yicha shikoyat arizasi berdi. Shu tariqa prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenkoga raqobatchi bo‘lgan to‘rt nomzodning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Andrey Dmitriyev va Sergey Cherechen 11-avgust, seshanba kuni saylov natijalari bo‘yicha shikoyat arizalarini tayyorlayotganini ma’lum qilgan.

Saylov natijalaridan noroziligini birinchi bo‘lib muxolifot nomzodi Svetlana Tixanovskaya bildirgan va 10-avgust kuni Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat kiritgan.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifot nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa 10,09 foiz ovoz olgan. Qolgan uch nomzodning har biri 2 foizdan kamroq ovoz to‘plagan.

Ovoz berish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdan chiqib ketgani va Litvada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni o‘z xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.

Belarus shaharlarida 9-avgustdan buyon ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kun ichida militsiya, taxminan, olti ming nafar namoyishchini qo‘lga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют