» » Ozbekistonning har bir hududida sanoat klasterlari tashkil etiladi

Ozbekistonning har bir hududida sanoat klasterlari tashkil etiladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust, chorshanba kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari boyicha videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, 2020-yilning birinchi yarmida Ozeltexsanoat, Ozavtosanoat, toqimachilik, charm-poyabzal, metallurgiya, elektr energiyasi tarmoqlarida osishga erishilgan. Qorgontepa, Qumqorgon, Romitan, Muzrabot, Izboskan, Norin va Yangibozor tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi bir necha barobar kopaygan.

Lekin, umumiy hisobda olganda, birinchi yarim yillikda sanoat mahsuloti hajmi 167 trillion somni tashkil etib, otgan yilgiga nisbatan 1,9 foizga kamaygan.

Tahlillarga kora, qolgan olti oyda 229 trillion somlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarib, yil yakunigacha bu boradagi korsatkichni 3,5 foizga oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Buning uchun hozirgi murakkab va favqulodda holatdan kelib chiqib, sanoat siyosati, ish uslubi va yondashuvlarni ozgartirish, raqobatbardosh tovarlar zanjirini tashkil etish zarur.

Videoselektor yigilishida shu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Eng avvalo, hududlar va tarmoqlar yaqin hamkorlikda ishlashi muhimligi takidlandi.

Misol uchun, Qoraqalpogistonda ikkinchi yarim yillikda 7,8 trillion somlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 5 ta yirik loyihani foydalanishga topshirish moljallangan. Toqimachilik, kimyo tarmoqlaridagi bu loyihalar hisobidan 500 ta yangi ish orni tashkil etiladi.

Prezident sanoat klasterlarini yolga qoyish masalasiga alohida ahamiyat qaratdi.

Misol uchun, Namanganda toqimachilik va u bilan bogliq tarmoqlar, Navoiy viloyatida qurilish va bezak materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, Toshkent shahrida elektronika va mebel boyicha sanoat klasterlarini tashkil etish uchun tadbirkorlik muhiti shakllangan. Lekin, shu bilan birga, raqobatdosh mahsulot chiqarish uchun klasterda ilm, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlari bolishi kerak.

Bosh vazir orinbosariga ushbu tizimni yolga qoyish, har bir hududda sanoat klasterlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Pandemiya oqibatida 11 mingta sanoat korxonasining daromadi tiklangani yoq. Ularning asosiy qismi toqimachilik, oziq-ovqat, mebelsozlik, metall buyumlar, qurilish materiallari korxonalaridir.

Shu bois, toliq quvvatda ishlamayotgan korxonalarni jonlantirish, ularga borib, xomashyosi, aylanma mablagi, mahsulot bozori bilan bogliq masalalarga komaklashish boyicha topshiriqlar berildi. Hokimlar sanoat bilan shaxsan shugullanishi kerakligi takidlandi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan barqaror taminlash, barcha loyihalarni oz vaqtida ishga tushirish boyicha korsatmalar berildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi. Rejadagi 133 ta loyiha ishga tushmagani, yana 261 tasi toliq quvvatga yetmagani, oqibatda 1,1 trillion somlik mahsulot ishlab chiqarilmay qolgani korsatib otildi. Bu boradagi kamchiliklar viloyatlar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish choralari belgilandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 20:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
:
-
:
20 ... -