» » JSST Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksina sinovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirmoqchi

JSST Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksina sinovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirmoqchi


Jahon sog‘liqni saqlash taqshkiloti COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani tadqiq qilish va ishlab chiqish borasidagi barcha yutuqlarni qo‘llab-quvvatlaydi. “RBK”ning xabar berishicha, tashkilot Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatgan o‘tkazilganiga shunday munosabat bildirdi.

Tashkilotda ta’kidlanishicha, ishlab chiqarilayotgan dorilarning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash uchun vaksinalarni tadqiq qilish ishlab chiqarishning har bir bosqichida belgilangan tartibda o‘tkazilishi lozim.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, JSST Rossiyalik olimlar va mamlakat rasmiylari bilan aloqada bo‘lib turibdi va vaksina sinovlari to‘g‘risida ma’lumotni tahlil qilish imkoniyatini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. U vaksina samarali ekanligi, shuningdek, qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlanganini aytgan, biroq aynan qaysi qizi ekanligiga to‘xtalib o‘tmagan.

Vaksina u yaratilgan markaz, shuningdek, Zelenograddagi “Binnofarm” kompaniyasi tomonidan, keyinchalik esa boshqa korxonalarda ham ishlab chiqariladi.

Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi. Assotsiatsiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari vaksina asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERS’ga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va shu sababli uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘q deb topgan.

Roszdravnadzor rahbari o‘rinbosari Valentina Kosenko ushbu vaksina bilan bir necha yuzlab ko‘ngillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaganini ta’kidlab, “Aftidan, Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi hech qanday natijalarni bilmay xulosa qilmoqda”, — deb aytgan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko esa Gamaleya markazining vaksinasi “yo‘q joydan paydo bo‘lib qolmagani”, markaz Ebola va MERS’ga qarshi vaksinalar ishlab chiqib, ushbu sohada 10 yildan ortiq vaqt davomida ish olib borayotganini bildirgan.

Shu bilan birga, g‘arb davlatlari ekspertlari Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda keng ko‘lamli sinovlardan o‘tkazmasdan oldin ro‘yxatdan o‘tkazish qarorini tanqid qildi. London universitet kolleji qoshidagi Genetika instituti mutaxassisi Fransua Balluning fikricha, shoshilinch ro‘yxatga olish “o‘ylamay qilingan va ahmoqona qaror”.

Qozog‘iston ham klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emasligini bildirgan.

Mavzuga doir: “U Putin aytganidek umidliga o‘xshamayapti”. Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining hujjatlardagi asl holati oshkor bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют