» » Abdulla Aripov Sox boyicha hech bir topshiriq qogozda qolmasligini takidladi

Abdulla Aripov Sox boyicha hech bir topshiriq qogozda qolmasligini takidladi


Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Sox tumanida bolib otgan faollari yigilishida 2020-yil 8-avgustda qabul qilingan 20202021-yillarda Fargona viloyatining Sox tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarorida belgilab berilgan vazifalar muhokama etildi. Bu haqda Sox tumani hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Prezident topshirigi asosida Sox tumanidagi muammolarni hal etishga etibor qaratilib, har bir mahalla, har bir xonadon organib chiqilgan.

Aholi, yoshlarning bandligini taminlash boyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida uch mingdan ortiq ishsizlarning bandligini taminlashga erishilgan. 345 nafar fuqaro Toshkent shahridagi yirik qurilish tashkilotlariga, 995 nafar kishi tumandagi muaassasalarga doimiy ishga joylashtirilgan.

Ichki yollarni tamirlash uchun 18 milliard som mablag sarflangan. 15 mingdan ortiq istemolchilarning elektr taminoti yaxshilangan. 20 kilometr ichimlik suvi tarmogi tortilgan. Hududlarda aloqa sifatini yaxshilash maqsadida 74 kilometrli optik tola tarmogi tortilib, 5 ta baza stansiyasi ornatilgan. Hushyor massividagi foydalanilmayotgan 200 gektar maydon ozlashtirilgan.

8-avgustda qabul qilingan Prezident qarori esa bu ishlarning mantiqiy davomi boladi. Qaror bilan tasdiqlangan 20202021-yillarda Sox tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturiga 146 ta loyiha kiritilgan va uning ijrosiga 639 millirad som mablag sarf etiladi.

Yigilishda mazkur ishlar natijasida 11 mingdan ortiq aholi uchun yangi ish orinlari yaratilishi kozda tutilgani, sanoat, xizmatlar va qishloq xojaligini rivojlantirish boyicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5000 ta yangi ish orni yaratilishi takidlagan.

Shuningdek, qarorda Yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida 160 kilometr shagal qoplamali yollarni sementobeton qoplamaga otkazish va asfalt qoplama yotqizish, 106 kilometr tuproq yollarni shagal qoplamaga otkazish va 40 kilometr sementobeton piyodalar yolaklarini qurish belgilangan.

Bosh vazir rahbarligida otgan yigilishda respublika ishchi guruhi tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida dastur doirasida amalga oshirilayotgan har bir loyihanining oz muddatida va sifatli amalga oshirilishini taminlash va bajarilgan ishlarni muntazam muhokama qilib borish topshirildi.

Malumot uchun,31-may kuni Ozbekistonning Sox tumani Chashma qishlogi va Qirgizistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlogi aholisi ortasida Qirgiziston hududida joylashgan, suvidan Ozbekiston ham foydalanadigan Chashmabulogi ustida bahschiqib,katta mojarogaaylanib ketgan. Sox tumani hokimligi malumotlariga kora, hodisa oqibatida 187 nafar ozbekistonliktan jarohati olgan, Ozbekiston hududidagi uchta xonadondayongin chiqqan.Qirgizistonning Botken viloyatida uy va omborxonayonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni Ozbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov OzbekistonQirgiziston chegarasida qoshni mamlakat hukumati rahbari bilanuchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgiziston prezidenti Soronboy Jeenbekov bilan telefon orqalimuloqot qildi.

Mazkur voqealar ortidan Ozbekiston hukumati azolari hududdagi muammolarni organish uchun 2-iyun kuni u yergatashrif buyurdi. Sox tumanigayangi hokimva ichki ishlar bolimigayangi rahbartayinlandi.

Shundan song tumanga bolgan etibor sezilarli darajada kuchaydi. Xususan,Fargona viloyati Sox tumaniga zamonaviy tibbiyot uskunalariyetkazib berildi,elektr taminotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatishkabellari yuborildi,230 nafar soxlik Tashkent Citydagi qurilish ishlarida qatnashish uchun olib kelinishimalum qilindi,tumanda 3 ta dam olish maskani yaratilishitakidlandi, 71 km optik tolali aloqa kabellari tortildi va 5 ta mobil aloqa baza stansiyalariornatildivasoxlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasiajratildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 22:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -