» » O‘zbekistonda 17-avgustdan masjidlar ochiladi, lekin hozircha juma, shanba va yakshanba kunlari ishlamaydi

O‘zbekistonda 17-avgustdan masjidlar ochiladi, lekin hozircha juma, shanba va yakshanba kunlari ishlamaydi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 17-avgustdan boshlab O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyatiga qayta ruxsat beriladi.

Qarorga ko‘ra, diniy tashkilotlar va masjidlar faoliyatiga har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishni hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlashni ta’minlagan holda ruxsat beriladi.

Bunda, diniy tashkilotlarda juma, shanba va yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda masjidlar 15-avgustdan so‘ng bosqichma-bosqich ochilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют