» » O‘zbekistonda COVID-19 bermorlarini shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari jazolanishi haqida qo‘shimcha izoh berildi

O‘zbekistonda COVID-19 bermorlarini shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari jazolanishi haqida qo‘shimcha izoh berildi


O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari sud orqali javobgarlikka tortilishi belgilangan edi. Vazirlikning Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida bu borada izoh berdi.

“Ushbu buyruq asosan uyda noto‘g‘ri davolash natijasida kelib chiqqan asoratlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plangan holda chiqarilgan edi. Shuni tushuntirib o‘tmoqchimanki, uyda davolanish bekor qilingani yo‘q. Kasallikning yengil darajasida uyda davolanish tavsiya etiladi va bu jarayonni poliklinikadagi ambulator shifokorlarimiz olib bormoqda”, — degan u.

Barno Abdusamatovaning ta’kidlashicha, xususiy klinikalarga ham koronavirus bemorlarini davolashga ruxsat berilgan, shifokorlar onlayn tartibda ham bemorlarga o‘z tavsiyalarini berishi mumkin, lekin bu vazirlik ishlab chiqqan tavsiyalarga mos bo‘lishi kerak.

“Ambulator sharoitga, saralash va taqsimlash markazlariga hamda statsionar sharoitga bemorlarning juda og‘ir ahvolda kelgani, ularning inyeksion va infuzion terapiyalarni uyda olishgani va noto‘g‘ri tavsiyalar berilgani buyruq chiqarilishiga sabab bo‘ldi”, — deydi shtab a’zosi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar shifokorlar davolashni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan tavsiyalar asosida olib borsa, ularga hech kim davolashni man etmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilgan, 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

SSV COVID-19’ni ambulator hamda uy sharoitida davolash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqqan, undan avval Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova uyda davolanayotgan bemorlar parvarishida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют