» » Ozbekistonda ijtimoiy tarmoq sahifalari administratorlari daromad soligi tolaydimi?

Ozbekistonda ijtimoiy tarmoq sahifalari administratorlari daromad soligi tolaydimi?


Davlat soliq qomitasi Ozbekistonda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga reklama joylash bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslar 2020-yilning birinchi yarmida olgan daromadlaridan soliq tolashi lozimligini eslatib otdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish faoliyati (Giveaway) bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslar olgan daromadlaridan 12 foiz miqdoridagi stavkada daromad soligi tolashlari lozim (2020-yil 1-iyuliga qadar olgan daromadlari boyicha).

Bu haqda doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad togrisidagi deklaratsiyani taqdim etish lozim, deyiladi qomita xabarida.

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 8-iyundagi qaroriga asosan, ozini ozi band qiladigan shaxslar shugullanishi mumkin bolgan faoliyat turlari royxati kengaytirilgan edi. Royxatga AKT sohasida xizmat korsatish Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlarni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori) turi ham qoshilgan.

Shunga kora, Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda ozini ozi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi uchun daromad soligidan ozod qilinadi.

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, yani ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlarni ilgari surish va reklama qilish hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori ozini ozi band etgan shaxs sifatida royxatdan otgan bolsa, olgan daromadlari boyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligidan ozod qilinadi.

Bunda mehnat stajiga ega bolish uchun 2020-yilda bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi (111,5 ming som) miqdorida ijtimoiy soliq tolash lozim boladi, deya aniqlik kiritilgan Davlat soliq qomitasi xabarida.

Mavzuga doir:Ozbekistonda savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida plastik kartalar orqali tolangan tolovlar daromad soligidan ozod etilishi mumkin



Manba: Daryo.uz
: admin (13-08-2020, 06:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -