» » Oliy ta’lim vazirligi: Ijodiy imtihon va test olinadigan yo‘nalishlarda faqat test imtihonlari bo‘ladi

Oliy ta’lim vazirligi: Ijodiy imtihon va test olinadigan yo‘nalishlarda faqat test imtihonlari bo‘ladi


Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari”ga tegishli qo‘shimchalar kiritilgan.

Test olinmasdan, faqat ijodiy imtihon olinadigan (masalan, san’at yoki sport yo‘nalishlarining ayrimlarida) yo‘nalishlarda o‘zgarish bo‘lmaydi. Ya’ni mazkur OTMlarda test sinovlari emas, balki ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.

2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlangan, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют