» » O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlariga xizmat mashinalaridan ishdan tashqari vaqtda foydalanish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlariga xizmat mashinalaridan ishdan tashqari vaqtda foydalanish taqiqlanishi mumkin


Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, davlat idoralari xodimlari va haydovchilarga xizmat avtomobillaridan ishdan tashqari vaqtda, shaxsiy yoki boshqa maqsadda foyalanishi taqiqlanishi mumkin.

Xususan, avtomobillarni GPS tizimi orqali kuzatish taklif qilinmoqda. Shuningdek, hujjat loyihasida tashkilotlar kesimida xizmat avtotransportlari soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini, yonilg‘i sarfi, avtomobil markasi va ishlab chiqarilgan yili hisobini yuritish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarining soni, yo‘l bosish yillik limitining belgilangan me’yorlarga muvofiqligini doimiy monitoring qilish hamda uning natijalarini har chorak yakuni bo‘yicha o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib borishi belgilanmoqda.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, mazkur hujjat Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish samaradoligini oshirish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda davlat mulkidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishni ta’minlash maqsadida qabul qilinadi.

Hujjat loyihasining muhokamasi 2020-yil 27-avgustgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют