» » Sirdaryoda noqonuniy yo‘l bilan 500 mln so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirgan “Agrobank”ning tuman filiali rahbariga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryoda noqonuniy yo‘l bilan 500 mln so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirgan “Agrobank”ning tuman filiali rahbariga jinoyat ishi ochildi


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyati Mirzaobod filiali boshqaruvchisi A.G.ning noqonuniy xatti-harakatlari fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.G. “T.P” fermer xo‘jaligi rahbarini xabardor qilmasdan, uning nomidan 17,6 million so‘m mablag‘larni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob raqamiga o‘tkazib yuborgani aniqlangan. Shuningdek, u yana bir fermerning kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun to‘lagan 17 million so‘m naqd pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

A.G. 3 ta xo‘jalik yurituvchi subyektga (ularga xabar bermasdan) jami 520 million so‘m kredit rasmiylashtirgan va pullarni o‘zlashtirib olgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Agrobank”ning tuman filiallarida bu kabi jinoyatlar tez-tez sodir etiladi. Xususan, may oyida Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi fermer xo‘jaliklarining 105 million so‘m mablag‘larini rastrata qilgan bank mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Jizzax viloyati Paxtakor tumani filialida mansabdorlarning qariyb 200 million so‘m kreditni o‘zlashtirgani aniqlangani,  Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi filiali sobiq rahbari 400 million so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun jinoyat ishi ochilgani haqida haqida xabarlar berilgan.

Shuningdek, iyun oyida Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida to‘rt kishining nomiga kredit rasmiylashtirib, bu mablag‘larni o‘zlashtirgan “Mikrokreditbank” bo‘lim boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют