» » Xiaomi dunyodagi birinchi shaffof televizorni taqdim etdi

Xiaomi dunyodagi birinchi shaffof televizorni taqdim etdi


Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi TV LUX OLED Transparent Edition birinchi shaffof televizorni taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Televizor 55 dyuymli displeyga ega va narxi, taxminan, 7,2 ming dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchilar televizorning texnik ta’minotini yumaloq asosga yashirgan.

Yangi displey qalinligi atigi 5,7 millimetrni tashkil etadi. Media Tek 9650 protsessor sifatida o‘rnatilgan bo‘lib, u maxsus Xiaomi uchun ishlab chiqarilgan. O‘chirilgan holatida televizor ekrani mutlaqo shaffofligidan oddiy oynaga o‘xshaydi.

Ta’kidlanishicha, bu qurilma rasmiy ravishda birinchi shaffof televizor emas, bundan avval Panasonic, LG va Samsung o‘zlarining konseptlarini taqdim etgan va ular loyihaligicha qolib ketgan.

Xiaomi’dan yangi televizorni istalgan kishi sotib olishi mumkin. Televizor 16-avgust kuni Xitoyda sotuvga chiqariladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют