» » Uyi tintuv qilingan qashqadaryolik blogerlar ishini viloyat IIB Tergov boshqarmasi davom ettiradigan bo‘ldi

Uyi tintuv qilingan qashqadaryolik blogerlar ishini viloyat IIB Tergov boshqarmasi davom ettiradigan bo‘ldi


Uyi tintuv qilingan qashqadarlik blogerlar — Maqsud Muzaffarov va Komil Faxriddinov ishi Yakkabog‘ IIB tergovidan olinib, viloyat IIB Tergov boshqarmasiga ish yurituviga olingan. Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 12-avgust, chorshanba kuni Qashqadaryo prokuraturasi hamda viloyat IIB mas’ullari ishtirokida matbuot brifingi tashkil etilgan.

“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, mazkur matbuot brifingida IIB mas’ullari aniq savollarga aniq javob berishdan tiyilgan va jurnalistlarni qoniqtirgan javoblar bo‘lmagan.

Buni bloger Umid Karimov, jurnalistlar Dilshod Nabiyev, O‘roljon Kamolov ham ta’kidlab, IIB mas’ullari bergan javob ularni qoniqtirmaganini qo‘shimcha qildi.

“Mazkur matbuot brifingidan tayinli ma’lumot ololmadim, bergan savolimga ham aniq javob bo‘lmadi. Bunday brifing o‘tkazgandan o‘tkazmagan ma’qul”, — deydi bloger Umid Karimov.

Ta’kidlanishicha, viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Jo‘rayev jurnalist va blogerlarning aksariyat savollariga “bu bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda” degan shablon javob bilan tiyilgan.

Brifingda so‘z olgan “Daryo” muxbiri yakkabog‘lik blogerlar ishini o‘rganishi davomida tergovni olib borayotgan xodim Dilshod Poyonov viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulovaning “jurnalist savoliga javob bering” deyishiga qaramasdan, savollarga javob berishdan bosh tortganini aytib, “kimnidir qamatishga kelganda tergovchilar jurnalist savollariga batafsil javob berib, yodlab olingan gaplarini gapiradi, ammo jurnalist IIBdan jabrlanganlar haqida maqola tayyorlashi davomida IIB xodimlari OAVga axborot berishi uchun kimdandir ruxsat so‘rashi lozimligi yodiga tushib qoladi. IIB mas’ullarining bu harakatini qanday tushunish mumkin?” degan savoliga ham javob bermadi.

Qashqadaryolik blogerlar ishini o‘rgangan “Daryo” muxbiri bloger Maqsud Muzaffarovni shubhalantirgan holat va o‘zini qiziqtirgan savollarga javob olish maqsadida Yakkabog‘ tuman IIBda bo‘lganida, tergovchi avvaliga muloqotga kirishganini, biroq jurnalist savollarini eshitgach, savollarga javob berolmasligini, barcha ma’lumotlar IIB axborot xizmatidan olinishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ham tergovchiga jurnalist savollariga javob berishi lozimligini ta’kidlashiga qaramasdan tergovchi erkin muloqotdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi blogerlar ustidan shikoyat qilgan fuqaro Husniddin Rahmatov murojaati asosida Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют