» » Italiya klublari Chempionlar Ligasida antirekord qayd etdi

Italiya klublari Chempionlar Ligasida antirekord qayd etdi


“Atalanta” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida PSJga yutqazib (1:2), musobaqani tark etdi.

Musobaqada Italiya klublari qolmadi. Bu degani, A Seriya klubi ketma-ket o‘ninchi yil Chempionlar Ligasida g‘olib chiqa olmaydi. Bu Italiya klublari uchun Chempionlar Ligasi antirekordi hisoblanadi. So‘nggi bor 2009/10-yilgi mavsumda “Inter” chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Italyan klublarida bundan ortiq tanaffus faqat Chempionlar Kubogi musobaqasida kuzatilgan — 16 yil: 1986/69-yilgi mavsum “Milan”dan keyin “Yuventus” 1984/85-yilgi mavsumga kelib bosh sovringa ega chiqqandi.

“Yuventus” Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Lion”dan o‘ta olmadi (0:1, 2:1). “Napoli” ham 1/8 finalda “Barselona”ga yengildi (1:1, 1:3). “Inter” esa guruhda 3-o‘rinni egallab, pley-offga yo‘llanma ololmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют