» » PSJ 25 yil deganda Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi

PSJ 25 yil deganda Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi


Yevropa Chempionlar Ligasi Lissabonda “sakkiz finalchi” tizimida o‘tkazilmoqda. Chorak finallardan boshlab keyingi bosqich taqdiri bitta o‘yinda hal bo‘ladi.

Chorak finalning ilk o‘yinida PSJ jamoasi so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga “Atalanta”ni taslim etdi (2:1) va sovrin uchun kurashda davom etadi.

Parijliklar klubi 1995-yildan buyon ilk bor Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi. 25 yil avval PSJ yarim finalda “Milan”ga imkoniyatni boy bergandi (0:1, 0:2).

So‘nggi uch mavsumdan buyon PSJ 1/8 finaldan uyog‘iga o‘tolmayotgandi.

Tomas Tuxel jamoasi yarim finalda “Atletiko” — “Leypsig” uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют