» » Bayrut portidagi portlash oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 15 mlrd dollardan ortiqqa baholandi

Bayrut portidagi portlash oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 15 mlrd dollardan ortiqqa baholandi


Livan poytaxti Bayrut portida 4-avgust kuni kechasi sodir bo‘lgan portlash oqibatida yetkazilgan zarar 15 milliard dollardan ortiqroqqa baholandi. Bu haqda Livan prezidenti Mishel Aun administatsiyasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, prezident Aunga Ispaniya qiroli Filipp VI hamdardlik bildirgan.

“Dastlabki hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, portlash oqibatida yetkazilgan zarar 15 milliard dollardan oshgan”, — deyiladi xabarda.

Bir nechta kuchli portlash Bayrut shahridagi port hududida 4-avgust kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2014-yilda Gruziyadan Mozambikka olib ketilayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi portlab ketgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisalar oqibatida 170 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan va 6 ming nafarga yaqin kishi jarohat olgan. Portlash zarbining kuchi Kiprda ham sezilgani aytilmoqda. Portlash to‘lqini oqibatida shahar hududida joylashgan binolarning yarmiga zarar yetgan, ko‘plab binolar vayron bo‘lgan, oynalar va eshiklar singan. 300 mingga yaqin kishi uysiz qolgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют