» » Astronomlar “Somon yo‘li”dagi eng tezkor yulduzni aniqladi

Astronomlar “Somon yo‘li”dagi eng tezkor yulduzni aniqladi


Astronomlar “Somon yo‘li” markaziy qora tuynugidan minimal darajadagi uzoqlikda joylashgan yulduzni aniqladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Bundan tashqari, ular boshqa rekordchini — tezligi yorug‘lik tezligining sakkiz foizini tashkil etadigan yulduzni ham aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

“Somon yo‘li” markazida yuqori massivli Sagittarius A* qora tuynugi joylashgan bo‘lib, u bilan Yer orasidagi masofa 26 ming yorug‘lik yiliga teng. U issiq gaz bulutlari bilan qoplangan, shuningdek, xira S-yulduzlar guruhi ham bo‘lib, uning atrofida nisbatan zich joylashgan. Bunga qadar olimlar o‘nlab shu kabi obyektlarni topgan, jumladan, qora tuynuq markazi bo‘ylab 9,9 yilda bir marotaba aylanishni amalga oshiradigan va bugunga qadar qora tuynuk markazi bo‘ylab eng qisqa davr ichida aylanib chiquvchi yulduz deya e’tibof etilgan S62 yulduzini ham. Endilikda astronomlar orbital davri qariyb ikki yilga kamroq yangi rekordchini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Kyoln universiteti Fizika institutidan bo‘lgan Florian Paysker hamkasblari bilan SINOFI infraqizil spektrograflari hamda Chilidagi Very Large Telescope’da o‘rnatilgan NACO qurilmasi yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil qilib ko‘rdi. Olimlar S-sinfiga kiruvchi beshta yangi yulduzni, xususan, S4711 yulduzini aniqlagan. U qora tuynuk markaziy qismiga bugungi kunga qadar fanga ma’lum eng yaqin yulduz hisoblanadi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, S4711 bu B8/ 9-V spektral obyekti bo‘lib, massasi quyosh massasidan ikki baravar katta. U orbita bo‘ylab soniyasiga 6,7 ming kilometr tezlikda harakatlanadi va Sagittarius A* atrofini taxminan 7,6 yilda to‘liq aylanib chiqadi. S4711 elliptik orbita bo‘ylab harakatlanib, Sagittarius A* ga 144 astronomik birlikka qadar yaqinlashadi.

Shuningek, astronomlar boshqa bir rekordchini — “Somon yo‘li”dagi eng tezkor yulduzni — S4714’ni aniqlagan. U soniyasiga 24 ming kilometr tezlikda Sagittarius A* ni aylanadi — bu Yer orbitasi bo‘ylab Quyosh atrofida bir marta aylanishi uchun 1,5 soniyadan sal ortiqroq vaqt kerak bo‘lishini anglatadi.

Avvalroq Ispaniyadagi La-Korunya universiteti hamda Kanar orollaridagi Astrofizika tadqiqot instituti olimlari “Somon yo‘li” galaktikasi chegarasida yangi yulduzlar turkumini aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Nisbiylik nazariyasining yana bir isboti. Astronomlar ilk bor qora tuynuk yaqinidagi yulduz orbitasi presessiyasini kuzatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют