» » Parus — ko‘ngilochar majmuasida bolalar attraksionlariga 20 foizlik chegirmalar berilmoqda

Parus — ko‘ngilochar majmuasida bolalar attraksionlariga 20 foizlik chegirmalar berilmoqda


Farzandlaringiz yoki yosh bolakaylar bilan qayerda ko‘ngildagidek hordiq chiqarishni izlayotgan bo‘lsangiz, u holda Parus — siz xohlagan maskan.

Chunki u yerda, 2 va 3-qavatlar to‘liq o‘yin attraksionlari bilan to‘ldirilgan, 4-qavatda ovqatlanish joylari va kinoteatr mavjud, 6-qavatda esa bouling maydoni bunyod etilgan.

Agar 7 yoshgacha bo‘lgan bolakaylar bilan Parus’ga tashrif buyursangiz, ularni Wonderland — bolalar maydonchasidagi enagalarga ishonib topshirib, o‘zingiz 4-qavatdagi ovqatlanish maydonchasida ovqatlanishingiz yoki kinoteatrda yangi filmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Enagalarga esa farzandingizni xuddi o‘zingizga ishongandek topshirsangiz bo‘ladi. Chunki ular boshlang‘ich tibbiy yoki pedagogik ta’limga ega va ishga chiqishdan avval maxsus tayyorlov kurslaridan o‘tishadi. Shu bois, farzandingiz bir soniya ham e’tibor va mehrdan chetda qolmaydi.

Oilaviy hordiq chiqarish sharoitlari jamlangan Parus ko‘ngilochar majmuasi hozirda bolalar uchun mo‘ljallangan barcha o‘yin attraksionlariga 20 foizlik chegirma taqdim etmoqda.

Bunda, masalan 50 ming so‘mlik xaridni amalga oshirsangiz, sizga 10 ming so‘m chegirma qilib beriladi. Ya’ni attraksionlardan 50 ming so‘mlik foydalanish kartasini 40 ming so‘mga xarid qilasiz. Chegirmalar esa istalgan summa uchun bir xil taqdim etiladi.

Aksiya 1-iyunga qadar davom etadi va dushanbadan jumagacha amal qiladi.

Quyida majmuaning qavatlar bo‘yicha qisqa ta’riflarini keltiramiz:

Birinchi qavatda Makro supermarketi faoliyat olib bormoqda. Majmuada hordiq chiqarish bilan birga, uy-ro‘zg‘or uchun xaridlarni ham shu yerning o‘zida amalga oshirishingiz mumkin.

Ikkinchi qavatda kichik yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlar ishlab turibdi. Yuqorida ta’kidlangan Wonderland maydonchasi ham shu qavatda. Farzandlaringiz uchun ushbu qavatdagi Toys Land — o‘yinchoqlar do‘koni juda qiziq bo‘lishi tabiiy. Chunki, do‘konda juda ko‘p o‘yinchoqlar mavjud.

Bolalar o‘yin bilan band bo‘lgan paytda, kattalar xushbo‘y qahvadan ta’tib ko‘rishlari uchun maydoncha yonginasida Canella kafesi xizmat ko‘rsatmoqda.

Uchinchi qavatda esa 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va kattalar uchun o‘yin qurilmalari hamda attraksionlar mavjud. Shuningdek, ushbu qavatda Bellstore — kosmetika mahsulotlari do‘konlar tarmog‘ining do‘koni ham mavjud. Bu esa ayollar e’tiboridan chetda qolmaydi.

To‘rtinchi qavat ovqatlanish maydonchasi bo‘lib, u yerda quyidagi tamaddixonalar faoliyat olib bormoqda:

Bundan tashqari, ushbu qavatda Parus Cinema kinoteatri mavjud. U yerda uchta kinozal bor va ulardan ikkitasida jahon kinosi, bittasida esa o‘zbek kinolari namoyish etiladi. Yangi filmlarni yuqori sifatda tomosha qilish uchun bu kinoteatr yaxshi joy.

Namoyishlar vaqti, kinolar treyleri va ular haqidagi ma’lumotlar bilan paruscinema.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Beshinchi qavat esa bayram va tantanalar uchun maxsus qavat hisoblanadi. U yerda turli tadbirlar, tug‘ilgan kunlarni nishonlash mumkin.

Oltinchi qavatda ko‘pchilik uchun doimiy tashrif joyiga aylanib ulgurgan Parus Bowling — bouling maydoni faoliyat olib bormoqda. Bu qavat nafaqat o‘yin o‘ynash uchun, balki so‘nggi paytlarda do‘stlar davrasida tug‘ilgan kun yoki boshqa tadbirlarni ham nishonlash uchun yaxshi joyga aylanib ulgurgan.

Chunki, u yerda maxsus restoran ham faoliyat olib boradi. Siz esa bovling o‘ynash bilan bir vaqtda, boshqa qavatlardan taom buyurtma qilishingiz yoki shu qavatdagi Aroma Bar ichimliklari, shirinliklari-yu, muzqaymoqlaridan ta’tib ko‘rishingiz mumkin.

Parus — ko‘ngilochar majmuasi barchani mehmonga chorlaydi! Marhamat, tashrif buyuring:

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют