» » Suv toshqinlari sabab Shimoliy Koreyaning asosiy yadroviy obyektini suv bosdi

Suv toshqinlari sabab Shimoliy Koreyaning asosiy yadroviy obyektini suv bosdi


Shimoliy Koreyada yuz bergan suv toshqini sabab taxminlarga ko‘ra, mamlakatning asosiy yadroviy kompleksi hisoblanuvchi Yonbyondagi ilmiy-tadqiqot markazi suv ostida qolib ketgan. Bu haqda mahalliy hududni sun’iy yo‘ldosh orqali o‘rgangan Genri Stimson nomidagi markazning 38 North tadqiqotchilar guruhi tomonidan ma’lum qilindi.

6-avgustdagi suratlarga ko‘ra, markaz yaqinidan oqib o‘tuvchi daryo o‘zani ko‘tarilgan va suv yadroviy kompleksga xizmat ko‘rsatuvchi ikkita nasos stansiyasiga yetgan. 8—11-avgust kuni tushirilgan suratlar esa suv sathi pasayganini hamda yadroviy obyektga zarar yetmaganini ko‘rsatgan.

Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, qurol-yaroqlar uchun plutoniy ishlab chiqarishda foydalaniladigan besh megavattli reaktor bir necha oydan buyon ishlamayapti, yengil suvli tajriba reaktori esa hali ishga tushirilmagan. 38 North tadqiqotchilarining fikricha, kelajakda bu kabi suv toshqinlari reaktorlarning o‘chib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi 38 North hisobotiga izoh berishdan bosh tortgan, biroq KXDRdagi yadroviy va raketalar faolligini muntazam monitoring qilishayotganini ta’kidlagan.

Avvalroq Janubiy Koreyada kuchli yog‘ingarchilik kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi. Tabiiy ofat natijasida avtomobil va temiryo‘llarga jiddiy zarar yetgan. Tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashish uchun 25 mingdan ortiq politsiyachi va qutqaruvchilar, shuningdek, ko‘ngillilar jalb qilingan.

Mavzuga doir: Kim Chen In yadro qurolini Shimoliy Koreyaning xavfsizlik kafolati deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют