» » Mi TV LUX va Redmi K30 Ultra: Xiaomi yangi qurilmalarini taqdim etdi

Mi TV LUX va Redmi K30 Ultra: Xiaomi yangi qurilmalarini taqdim etdi


Xiaomi kompaniyasi Mi TV LUX Transparent Edition televizori hamda Redmi K30 Ultra smartfoni o‘rin olgan qator yangi qurilmalarini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Redmi K30 Ultra

Smartfon MediaTek Dimensity 1000+ protsessori bazasida ishlaydi. Devays 6,67 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlangan. Sig‘imi 4500 mA/soatga teng akkumulyator 33 vattli tezkor quvvatlanishga ega. Tashqi ko‘rinishi bilan qurilma Redmi’ning so‘nggi flagmanlaridan farq qilmaydi.

Smartfon orqa tarafidan asosiy datchigi 64 megapiksellga teng kvadrokamera o‘rin olgan. Qolgan obyektivlar haqida batafsil ma’lumot berilmagan, ulardan biri keng burchakli va ikkitasi makro-linzali ekanligi ma’lum, xalos. Aftidan kameralarning oxirgisi portret suratlarni olishda tasvir chuqurligini o‘lchashga xizmat qiladi. Frontal kamera sirg‘aluvchi mexanizm ichiga “yashirilgan”.

Smartfonning 6/128 gigabaytli versiyasida narxi 295 dollardan boshlanadi. 8/512 gigabaytga teng top model esa 392 dollarni tashkil etadi.

Mi TV LUX Transparent Edition

Yangi Mi TV LUX diagonali 55 dyuymga teng. Unga 120 gers chastotaga ega OLED-ekran o‘rnatilgan. Televizor o‘zining ingichkaligi bilan ajralib turadi — 5,7 millimetr. Qurilma Smart TV MediaTEk 9650 protsessori bazasida qurilgan bo‘lib, u Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Televizorning o‘ziga xosligi — panelining to‘liq shaffofligida. Taqdimot suratlarida Mi TV LUX Transparent Edition ekranida tasvir paydo bo‘lganida ham uning ortidagi narsalarni ko‘rish mumkin. Noodatiy qurilma narxi 7280 dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Xiaomi 23 daqiqada quvvatlana oladigan Mi 10 Ultra flagmanini taqdim etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют