» » Jastin Getji Habib Nurmagomedovning kuchsiz tomonlarini aytdi

Jastin Getji Habib Nurmagomedovning kuchsiz tomonlarini aytdi


UFC’ning yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempioni Jastin Getji bo‘lajak raqibi Habib Nurmagomedov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Menimcha, uning eng katta kamchiligi — o‘zini mukammal deb hisoblashi. O‘ylashimcha, agar siz unga bu haqida aytsangiz, u sizga nima uchun bunga ishonmasligini juda yaxshi tushuntirib beradi. Nazarimda, uni faqat maqtaydigan odamlar o‘rab olgan. Men haqiqiy jangchilarning qanday mashg‘ulot o‘tkazganini ko‘rganman, ular o‘zining o‘sishiga haqiqatda yordam beradigan jamoa bilan shug‘ullanadi.

Habib kunning oxirida kislorod bilan nafas oladi. Uning miyasi kislorodga muhtoj. Agar yarim soniya davomida uni bo‘g‘ib tursam, u uxlaydi”, — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Jetji ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (video).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют