» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi


Vazirlar Mahkamasining 11-avgustdagi tegishli qarori bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qo‘shildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga ham tegishli o‘zgarishlar kiritildi.

22-iyul kuni hukumat 100 dan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlar, shu jumladan, kislorod konsentratorlar, pulsoksimetrlar, UZI apparatlari, gidroksixlorin, umifenovir preparatlari hamda sink, magniy, selen yoki D vitamin moddalarini saqlovchi biologik faol qo‘shimchalarni import qilish va realizatsiyalashni soddalashtirgan edi.

Yangi qarorga ko‘ra, koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositlari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni 2020-yil 1-oktabrga qadar bo‘lgan muddatda O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqib ketish vaqtincha to‘xtatiladi. Avvalroq bunday taqiq barcha farmatsevtika mahsulotlariga nisbatan edi.

Bunda ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga ruxsat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining qo‘shma xulosasi asosida ruxsat beriladi.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati:

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют