» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 13-avgust kuni soat 17:00 gacha 439 kishida koronavirus aniqlandi va infeksiya qayd etilganlarning umumiy soni 33093 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kun davomida, shuningdek, 611 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ayni vaqtga kelib koronavirusdan tuzalganlar soni 26270 nafarga, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 79,4 foizga yetdi. Oxirgi marta 6-iyunda bu ko‘rsatkich 79 foizga yetgandi.

“Hozirda mamlakatimizda 6 608 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

SSV hisobi bo‘yicha hozirgacha 215 kishi, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa 222 kishi koronavirus qurboni bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikalariga tayanadigan bo‘lsak, koronavirus yuqtirib olgan 33093 kishining 26270 nafari (79,4 foizi) sog‘aygan, 6608 nafari (20 foizi) hozir davolanishda bo‘lsa, 215 nafari (0,6 foizi) kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют