» » O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati 3 ta shahar stadionlarida o‘tkaziladi

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati 3 ta shahar stadionlarida o‘tkaziladi


Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionatining 2020-yilgi musobaqasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Musobaqa 14—31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar uchta shahardagi beshta stadionda o‘tkaziladi:

Vazirlar mahkamasining 12-avgustdagi farmoyishiga ko‘ra, musobaqani tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan 14 milliard 642 million so‘m ajratilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, U-19 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakatning yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhida Eron, Indoneziya va Kamboja bilan kuch sinashadi.

Mazkur musobaqa 2021-yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqaning yarim finalchilari Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют