» » Tojikiston madhiyasi muallifi Gulnazar Keldi koronavirus oqibatida vafot etdi

Tojikiston madhiyasi muallifi Gulnazar Keldi koronavirus oqibatida vafot etdi


Tojikiston milliy madhiyasi muallifi 75 yoshli Gulnazar Keldi 13-avgust kuni kasalxonada vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Asia Plus xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, shoirning ahvoli 13-avgust kuni og‘irlashgan, u sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangandi.

Gulnazar Keldi bir necha kun avval Dushanbe shahridagi bolalar yuqumli kasalliklari klinik shifoxonasiga koronavirusga gumon qilinib yotqizilgan. Shundan so‘ng u o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Shoirning o‘g‘li Dilpisand Keldiyevning ma’lum qilishicha, shoir bilan vidolashuv marosimi 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Asia Plus’ning xabar berishicha, shoir Dushanbedagi Luchob qabristoniga dafn qilinadi, u yerda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Tojikistonda yangi o‘quv yili odatdagidek 1-sentabrdan emas, 17-avgustdan boshlanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют