» » AQShda Xitoy tashqi ishlar vaziriga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz 600 LWB Pullman sotuvga qo‘yildi

AQShda Xitoy tashqi ishlar vaziriga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz 600 LWB Pullman sotuvga qo‘yildi


Filadelfiyada Xitoy sobiq tashqi ishlar vaziri va Shanxay meri Chen Iga tegishli 1966-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 600 LWB Pullman “Four Door” limuzini sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Carakoom.

Chen I ushbu avtomobilni 1960-yillardagi hukumat rejasi doirasida buyurtma qilgan bo‘lib, bundan maqsad avtomobil dizayni va texnik qismlarini o‘rganish va yakunda limuzinning xitoycha versiyasini yaratish bo‘lgan. Pullman “Four Door” limuzinlaridan jami 304 nusxa ishlab chiqarilgan bo‘lib, shulardan ikkitasi Xitoyga yuborilgan.

E’londa avtomobil qachon yana Qo‘shma Shtatlarga import qilingani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan, biroq ta’kidlanishicha, limuzin dastlabki holatidagidek saqlangan va hech qachon restavratsiya qilinmagan. Mashina hozirga qadar 21 186 kilometr yo‘l bosgan.

Mercedes-Benz kompaniyasi 600 modellarini 1963-yildan 1981-yilga qadar ishlab chiqargan. Limuzin kuzovidagi versiyasi hukumat amaldorlari orasida, ayniqsa, Germaniyada juda ommalashgan. Limuzinning maxsus versiyasidan hatto Rim papasi ham foydalangan.

To‘rt eshikli limuzindan tashqari, olti eshikli variantlari ham ishlab chiqarilgan. Har ikkala limuzinga ham 247 ot kuchi va 500 Nm aylanuvchi momentga ega 6,3 litrli V8 dvigatellari o‘rnatilgan.

Sotuvga qo‘yilgan limuzinning tashqi ko‘rinishi va interyeri ideal holatda saqlangan. Biroq salondagi charm qoplamalarning ayrim qismlari yemirilgan. Sotuvchi ushbu mashina uchun 285 ming dollar so‘ramoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют