» » Belarusda norozilikning yangi ko‘rinishi — “birdamlik zanjiri” paydo bo‘ldi. Xotin-qizlar shunday tinch yo‘l bilan jabrlangan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda

Belarusda norozilikning yangi ko‘rinishi — “birdamlik zanjiri” paydo bo‘ldi. Xotin-qizlar shunday tinch yo‘l bilan jabrlangan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda


Belarus poytaxti Minsk va boshqa shaharlar markazida 12-avgust kuni oq kiyimdagi ayollar gullar tutgan holda jonli zanjir hosil qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur aksiya kuch tuzilmalaridan jabr ko‘rgan namoyishchilarga birdamlik ramzi sifatida o‘tkazilgan. 13-avgust kuni erta tongdan bu kabi birdamlik zanjirlari Minskning turli hududlarida yana paydo bo‘lgan, deb xabar beradi Meduza.

Tirik zanjirdan Minskdagi 1-sonli shahar kasalxonasi xodimlari o‘rin olgan. Avvalroq minsklik tibbiyot xodimlar Belarus davlat tibbiyot universiteti qarshisida norozilik aksiyasini o‘tkazgan edi. Ularning oldiga mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik yetib kelgan. U aksiyani ataydan uyushtirilgan deb atab, tibbiyot xodimlaridan militsiyaga nisbatan “kuch javobini provakatsiya qilishda foydalanishayotganini” ma’lum qilgan.

Yana shunday birdamlik zanjiri Minskdagi 1-sonli shahar kasalxonasi qarshisida joylashgan yo‘l bo‘yida, “Oktabr” kinoteatri yaqinida hosil bo‘lgan. Undan ham asosan ayollar o‘rin olgan.

Birdamlik zanjiriga Minsk yaqinidagi Malinovka kichik tumani ayollari ham qo‘shilgan. Aksiya yarim soatga yaqin davom etgan. Shundan so‘ng, ayollar o‘zlari bilan olib kelgan gullarni yo‘lakda qoldirib, tarqalishgan.

Minsk gazmol kombinati yaqinidagi tirik zanjir

Chelyuskinsev bog‘i yaqinida

“Zeleniy lug” kichik tumani hududi

“Pushkin” metro stansiyasi

Davlat “Belteleradiokompaniyasi” qarshisida

Birdamlik zanjiri Minskdan tashqari kamida yana bitta shaharda paydo bo‘ldi — Brestda

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Mavzuga doir: Belarusda maxsus xizmatning sobiq xodimlari namoyishlarning bostirilishiga norozilik sifatida formalarini tashlab yubormoqda (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют