» » Angliya Kubogi va Liga Kubogi reglamentiga o‘zgartirish kiritildi

Angliya Kubogi va Liga Kubogi reglamentiga o‘zgartirish kiritildi


Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Angliya Kubogining 2020/21-yilgi mavsumi reglamentiga o‘zgartirishlar kiritdi.

Mazkur musobaqada durang natija qayd etilgan taqdirda takroriy o‘yin o‘tkazish qoidasi bekor qilinadi. Bu koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tig‘iz taqvim sabab joriy etildi.

Mazkur o‘zgarish Angliya Liga Kubogiga ham taalluqli bo‘ladi. Xuddi shu sabablarga ko‘ra, musobaqaning yarim final bahslari odatga ko‘ra ikkita o‘yindan emas, bir uchrashuvdan iborat bo‘ladi.

Angliya Kubogi musobaqasi 1-sentabrdan start oladi, final 2021-yilning 15-may kuniga mo‘ljallangan. Angliya Liga Kubogi esa 5-sentabrdan 28 fevralga qadar davom etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют