» » O‘zbekistondagi barcha FHDYolarda 1-sentabridan boshlab tug‘ilish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi joriy etiladi

O‘zbekistondagi barcha FHDYolarda 1-sentabridan boshlab tug‘ilish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi joriy etiladi


O‘zbekistondagi barcha FHDYo bo‘limlarida 2020-yil 1-sentabridan boshlab tug‘ilish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sinov tariqasida Toshkent shahrida joriy etilgan ushbu imkoniyatdan 300 nafarga yaqin fuqaro foydalanishga ulgurdi.

Mazkur tartibga ko‘ra, endilikda

Qayd etilishicha, shu paytga qadar ushbu davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kamida 6 ta davlat idorasiga 15 dan ortiq hujjat va ma’lumotlar topshirilar edi. Umuman olganda, kamida 10 kundan ortiq vaqt talab qilinar edi.

Yangi tartibga ko‘ra, birgina FHDYo organiga borib, so‘rovnoma to‘ldirishning o‘zi yetarli. FHDYo organi tug‘ilganlik holatini qayd etadi va boshqa davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlaydi. Bunda barcha harakatlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Ushbu davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish real vaqt rejimida faqatgina FHDYo organining o‘zida ko‘rsatiladi.

Ko‘rsatilgan har bir davlat xizmati natijasi bo‘yicha fuqarolarga SMS xabar berib boriladi. Bu esa davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidan fuqarolarning xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

Mavzuga doir: Prezident qarori bilan aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartiblarining avtomatlashtirilishi belgilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют