» » Qibrayda yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari bo‘yicha ma’lumot berildi

Qibrayda yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari bo‘yicha ma’lumot berildi


Qibray tumanidagi yer maydonlarni xatlovdan o‘tkazish davom etmoqda. Bu haqda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Qibray tumanining umumiy yer maydoni 55 978 gektarni tashkil etadi. Undan 18 308 gektari qishloq xo‘jaligi yerlari, 4 465 gektari tomorqa yerlari, 461 gektari o‘rmonzorlar, 6628 gektari kanal, yo‘l, bino va hovli bilan band yerlar hamda 26 114 gektari boshqa yerlar hisoblanadi.

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish nazorat boshqarmasi boshlig‘i Farhod To‘xtashev xatlov jarayoni bosqichlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

“Xatlov jarayonida birinchi bosqichda joyga chiqqan holda to‘liq yerlar xatlovdan o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda kamerali ishlar olib boriladi. Unda yer maydonlari hisoblanib, huquqiy hujjatlarga asosan solishtirib ko‘riladi. Uchinchi bosqichda tayyor bo‘lgan ma’lumotlar geoportalga joylashtiriladi”, – deydi Farhod To‘xtashev.

Monitoring guruhi mutaxassisi Jamshid Muxtorov birinchi bosqichda amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

“Qibray tumani mavzelarida xodimlar kontrma-kontr yurib, o‘zgarishlarni xaritaga tushirib, bog‘lar, uzumzorlar va aholi punktlarini joyida ko‘rib chiqib, noqonuniy holatlarni  xaritaga belgilashadi”, – deydi Jamshid Muxtorov.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu faqat inson omili bilan bajarilmaydi. GPS navigatori, dronlar va kosmik xaritalardan foydalaniladi.

Monitoring guruhining yana bir mutaxassisi Islomov Dilmurod xatlovning ikkinchi bosqichi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

“Ikkinchi bosqichda tuzilgan xaritalar tashkil qilingan shtabga olib boriladi. U yerda mutaxassislar birga Arges dasturiga tushirib chiqyapmiz. Har bir foydalanuvchining yer maydoni, har bir kontrning ekin maydoni bo‘yicha chegaralari, tekshirish davomida aniqlangan noqonuniy yerlarni tushiramiz. Bu ishlarni amalga oshirib bo‘lganimizdan so‘ng geoportalga joylanadi”.

Qayd etilishicha, Arges dasturida qayta ishlangan ma’lumotlar uchinchi bosqichda geoportalga joylanadi. U yerda huquqiy hujjatlar, har bir yer maydoni va unumdor yerlar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq bilib olish mumkin.

Qibray tumanidagi xatlov ishlari bir oyda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют