» » Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt’ning beton to‘siqqa urilishi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt’ning beton to‘siqqa urilishi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘ldi


Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hududida 11-avgust kuni 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasining beton to‘siqqa urilishi oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha. 11-avgust kuni taxminan soat 21:30 da Qushbegi mavzesida Toshkent viloyatida yashovchi 19 yoshli D.M. Cobalt avtomobilining boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo‘lovchisi — 20 yoshli N.B., D.Sh. va A.K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, A.K. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Toshkentda Labo reklama ustuniga urilishi oqibatida mashina ichidagi yo‘lovchi halok bo‘lgandi. Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi vafot etgandi. Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH ikki yo‘lovchining umriga zomin bo‘lgandi. Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют