» » Toshkent viloyatida 2 yoshli bola cho‘kib ketgan Jo‘nariq kanali atrofiga himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Toshkent viloyatida 2 yoshli bola cho‘kib ketgan Jo‘nariq kanali atrofiga himoya to‘siqlari o‘rnatiladi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 9-avgust kuni ikki yoshli Umidjon Rixsitillayev yo‘qolib qolgani va uning jonsiz tanasi 12-avgust kuni Yangiyo‘l tumani, “Mirzaboboyev” MFYdan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalidan topilgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Yangiyo‘l shahrining 4 ta mahallasini kesib o‘tgan Jo‘nariq kanali 2019-yilda ta’mirlangan. Loyiha bo‘yicha kanal atrofiga himoya to‘siqlari o‘rnatilishi belgilangan.

Yangiyo‘l shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, kanalning uzunligi 7 kilometrni tashkil qiladi. 2019—2020-yillarda kanalning 3,8 kilometri betonlashtirilgan.

Hokim o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Yangiyo‘l maxsus suv pudrati” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, kanal atrofiga to‘siq o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi va qolgan 3,2 kilometr qismini beton qilish ishlari davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют