» » Ilon Mask Belarusga qanday yordam kerakligini so‘radi. Unga Lukashenkoning Tesla avtomobilini olib qo‘yish taklif qilindi

Ilon Mask Belarusga qanday yordam kerakligini so‘radi. Unga Lukashenkoning Tesla avtomobilini olib qo‘yish taklif qilindi


Belarusda prezident saylovlari natijalari e’lon qilinganidan buyon Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p ovoz to‘plagan Aleksandr Lukashenkoga qarshi norozilik namoyishi besh kundan beri davom etmoqda. Meduza’ning yozishicha, namoyishchilar dunyo hamjamiyati e’tiborini mamlakatdagi voqealarga jalb qilishga harakat qilmoqda.

Ularning aksariyati norozilik aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, chet ellik yulduzlardan bu haqda o‘z sahifalarida e’lon qilishni so‘ramoqda. Shunday iltimos bilan Twitter’da Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskka ham murojaat qilingan va u bunga javob bergan.

“Bu haqda eshitish ayanchli. Biz sizga qanday yordam bera olamiz?” — deb yozgan u o‘z sahifasida. Unga javoban Maskdan o‘zining Instagram sahifasiga Belarusdagi namoyish suratini joylab “Biz sen bilanmiz, Belarus” deb yozgan aktyor va Thirty Seconds to Mars rok guruhi yakkaxoni Jared Leto kabi namoyishchilarni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlash so‘ralgan.

Belarusning “Chay s malinovim varenyem” nomli yetakchi Telegram kanali egalari esa boshqa yo‘lni — shunchaki Lukashenkodan Tesla avtomobilini olib qo‘yishni taklif qildi.

Gap shundaki, 2019-yilning sentabrida Lukashenko Minskdagi maktabga tashrif buyurganda o‘quvchilarga Mask unga Tesla elektromobilini sovg‘a qilganini aytgandi. Prezident uni bir-bir sinab turishini bildirgan. Ammo, aftidan, tortib olinadigan narsaning o‘zi yo‘q: Mask buni rad etgan va Lukashenkoga hech narsa sovg‘a qilmaganini ta’kidlagan.

Hozircha Tesla asoschisi Belarusga qanday yordam berishi mumkinligiga javoban yozilgan taklifga indamagan. Namoyishchilarning Mask ular javobini e’tiborsiz qoldirmasligini va qandaydir yo‘l bilan ularning aksiyasini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishdan boshqa iloji yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda prezident saylovi 9-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют