» » Argentinalik sudya tergov olib borilayotgan mamlakat sobiq prezidentiga xorijga chiqishga ruxsat berdi

Argentinalik sudya tergov olib borilayotgan mamlakat sobiq prezidentiga xorijga chiqishga ruxsat berdi


Argentinalik sudya Klaudio Bonadio bir necha jinoiy ish qo‘zg‘algan mamlakat sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga xorijga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi. 

Sud hujjatlariga ko‘ra, de Kirshnerga 5—19-may kunlari Gretsiya, Belgiya va Buyuk Britaniyaga borishiga ruxsat beriladi. Buning uchun u 150 ming peso (9,7 ming dollar) garov puli to‘laydi. 

Sobiq prezident bilan birga qizi Florensiya Kirshner (u ham ayni paytda tergov ostida) safar qilishi mumkin. Ular Argentinaga kelganidan so‘ng 48 soat davomida sudga uchrashi va qaytgani haqida shaxsan xabar berishi lozim. 

Klaudio Bonadio Kirshnerlar oilasiga tegishli Los Sauces kompaniyasi orqali korrupsiya natijasida topilgan mablag‘larni legallatirishda ayblab, sobiq prezident va uning farzandlariga nisbatan ish qo‘zg‘adi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (27-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют