» » Sardor Rashidov jamoasi 98-daqiqada gol otkazib Xavi shogirdlariga maglub boldi

Sardor Rashidov jamoasi 98-daqiqada gol otkazib Xavi shogirdlariga maglub boldi


Futbol boyicha Qatar yulduzlar Ligasining 21-turida Qatar SK 13-avgust, payshanba kuni As-Sadd bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvda kichik ustunlik As-Sadd tomonidan boldi. Biroq Xavi shogirdlari raqib darvozasitomon yol topishga qiynaldi. Hakam tomonidan qoshib berilgan vaqtlar yakuniga yetay deb qolganda Bagdod Buneja mehmonlarga galaba keltirgan golni urdi.

Ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan Sardor Rashidov 88-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur galabadan keyin As-Sadd ochkolarini 44 taga yetkazib oldi va 3-orinda ketmoqda. Qatar SK esa 19 ochko bilan 9-pogonani egallab turibdi.

Qatar yulduzlar Ligasi

21-tur bahsi

Gol: 0:1 90+8 Buneja.

Qatar SK: Majid, Al-Robeay, Baqsh, Galves, Rashidov (Odil, 88), Al-Amadi (Duzande, 69), Mansur, Mahmudi, Barrahma, Ahmad, Kayke.

As-Sadd: Ash-Sheb, Pedru Migel, Hassan (Abdulaziz, 62), Salmon, Ali (Sayyor, 79), Chon U Yon, Nam Te Hi, Xuxi, Tabata, Xolid, Buneja.

Ogohlantirishlar: Baqsh (71), Kayk (88), Mansur (89), Pudru Migel (90), Buneja (90).

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (14-08-2020, 00:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -